Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Dec 2019

Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, mahalliy xom ashyodan foydalangan xolda sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish, sohaga investorlarni keng jalb qilish, tadbirkorlarga imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish, hududlar kesimida yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilyapti. Natijada yurtimizda qurilish materiallariga bo‘lgan talab qoplanib, mahalliy bozor shakllantirilyapti, eksport ko‘lami kengaymoqda.

Navoiy viloyati o‘zining tabiiy boyliklari bilan dunyoga mashxur. Viloyatda Mendelev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlarni uchratishingiz mumkin. Shu bois bu yerda tog‘-kon, metallurgiya, neft-gaz, kimyo sanoati yil sayin taraqqiy etib bormoqda. Shular qatori qurilish materiallari sanoatida ham o‘sish kuzatilyapti. Sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy etilmoqda, ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilyapti, shu bilan birga yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda va mavjudlari modernizatsiya qilinmoqda. Natijada, yangi turdagi sifatli va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilyapti.

Navoiy viloyatida qurilish materiallari sanoatiga alohida e’tibor qaratilmoqda

Karmana tumani Navoiy erkin iqtisodiy zonasida joylashgan alyuminiy profil va mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Green Line Profil” MChJ ham shular jumlasidandir. Loyihaning umumiy qiymati 39,6 AQSh dollarini tashkil etadi. Korxona yiliga 36 ming tonna alyuminiy profil va mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. E’tiborga molik jihat bu yerda 650 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yilda korxonada qiymati 558,9 mlrd.so‘m bo‘lgan 18,6 ming tonna mahsulot ishlab chiqarildi. Shu bilan birga 14 mln. AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi. Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda qiymati 670,7 mlrd.so‘m bo‘lgan 22,3 ming tonna maxsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Navoiy viloyatida qurilish materiallari sanoatiga alohida e’tibor qaratilmoqda

Viloyatda “Saadet Keramiks” QK MChJ tomonidan import o‘rnini bosuvchi PVXdan pol qoplamasi (tarket) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4,05 mln. AQSh dollari bo‘lib, unga 2,5 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Korxonada yiliga 5 ming tonna polivinilxlorid (PVX) xom ashyosidan 2 mln. kv. metr pol qoplamasi (tarket) ishlab chiqariladi. Loyiha Xitoyning “WUXI DELIM INTERNATIONAL Co., LTD” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti. Korxona faoliyatini boshlashi bilan bu yerda 50 ga yaqin navoiyliklar ish bilan ta’minlanadi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 227
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech