Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Jul 2019

2019 yilning 1-2 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus' Respublikasiga rasmiy tashrifi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi 608-f-sonli farmoyishiga muvofiq, ko‘zda tutilayotgan tashrif doirasida O‘zbek-Belarus' mintaqalararo forumi, hamda joriy yilning 29 iyul' – 3 avgust kunlari Minsk shaxrida «Made in Uzbekistan» milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan.

«Made in Uzbekistan» milliy ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalari, shuningdek qurilish materiallari sanoati ishtirok etadi.

Ushbu ko‘rgazmada «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi stendi uchun 36 metr kvadrat joy ajratilgan. Bugungi kunda uyushma tomonidan ko‘rgazmada namoyish etish uchun 30 dan ortiq mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq qurilish materiallari ro‘yxati shakllantirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni 2019 yil 29 iyul' 2 avgust kunlari Minsk shaxrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda faol ishtirok etishga taklif qiladi.

Shuningdek, Uyushmaning stendini yuqori saviyada tashkil etish, hamda O‘zbekiston Respublikasining qurilish materiallari sohasida erishilgan yutuqlarini to‘liq namoyish qilish maqsadida, mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan joriy yilning 24-iyuliga qadar «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasiga korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalari, reklama roliklari, tarqatma materiallar va mahsulotning eksport uchun tijorat takliflarini taqdim etishlarini so‘raymiz.

Ma'lumot uchun telefon: +99871 281-46-59, +99899 842-44-22.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 55
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech