Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Jul 2020

A.To‘laganov 1957 y. 19 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent politexnika institutini sanoat va fuqaro qurilishi fakultetini tamomlab, shu yilning o‘zida Kiyev muxandislik-qurilish instituti aspiranturasiga o‘qishga qabul qilingan. 1985 yilda texnika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000 yilda “Modifikatsiyalangan ishqorli bog‘lovchilar asosidagi yengil betonlarning strukturaviy shakllanishi, texnologiyasi va xossalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan. A.To‘laganovning asosiy ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi: Maxalliy xom-ashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida sementsiz ishqorli bog‘lovchilarni yaratish va joriy etish, Turli maqsadlardagi qurilish qorishmalari texnologiyasi, Modifikatsiyalangan ishqorli bog‘lovchi materiallar asosida og‘ir va yengil betonlar, xususan, issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar texnologiyasi, Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlar strukturasi va xossalari va shu kabi boshqa muhim yo‘nalishlardan iborat edi. U o‘z ilmiy faoliyati davomida Germaniya, Rossiya, Xitoy, Chexiya, Ukraina kabi qator rivojlangan mamlakatlarning ilmiy maktablari va olimlari bilan mustahkam ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi.

Atoqli olim, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda qurilish materiallari soxasi ilm-fanini rivojlantirishga ulkan xissa qo‘shib kelayotgan inson, Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi mudiri, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi qoshidagi ilmiy-texnikaviy kengash a’zosi Abduqobil Abdunabiyevich To‘laganov vafot etganligi munosabati bilan, marxumning oila a’zolari va yaqinlariga, shuningdek TAQI jamoasiga "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi rahbariyati chuqur hamdardlik izxor etadi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 193
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech