Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Jun 2020

“Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Mamlakatimizda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni izchil davom ettirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan to‘ldirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilab berilgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan. Qarorga loyihasiga ko‘ra:

  • tadbirkorlarga maslahat-servis va texnik ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • ichki bozor talabini mahalliy mahsulotlar hisobiga to‘liq ta’minlash hamda import hajmini optimallashtirish;
  • jahon tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy ko‘p qavatli bino-inshootlarni qurish masalalarini hal etish uchun talab etiladigan yangi innovatsion qurilish materiallarini o‘zlashtirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh qurilish materiallari eksporti hajmini oshirishni rag‘batlantirish;
  • energiya tejamkor va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
  • yangi kompozit materiallar va innovatsion kimyo texnologiyalari asosida qurilish materiallariga oid ilmiy-tadqiqot va sinov ishlarini amalga oshiradigan zamonaviy laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini yaratish va masofadan turib qurilish ob’ektlarida beton mahsulotlarining sifatini aniqlashning yangi innovatsion tizimini Toshkent va Samarqand viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eksperiment tarzida amalga oshirish;
  • tarmoqda ekologik nazoratni yanada kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida qurilish klasterlarini tashkil etish, unda avtoklav usulida gazobeton, penobeton va boshqa turdagi zamonaviy energiya tejamkor arzon qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qurilish klasterlariga shahar va qishloq joylarida namunaviy tipdagi arzon uy-joylar qurilishi dasturlari doirasida uy-joylar qurish uchun yer maydonlarini ajratish, mazkur dasturlarni moliyalashtirayotgan tijorat banklari tomonidan qurilish klasterlariga qulay shartlarda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berilishi taklif etilmoqda. Hozirda qaror loyihasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 80
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech