Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Jan 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4078-sonli “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasidagi tabiiy qoplovchi toshlar Milliy brendini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Milliy uslubdagi antiqa nomni yaratish maqsadida Sizga brend nomini tanlashda ishtirok etishingizni taklif etamiz.

Ushbu masalada har biringiz o‘z g‘oyalaringizni yo‘llashingiz mumkin.

Tanlovni ikki bosqichda o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda:

1-bosqichda, joriy yilning 18 yanvar oyiga qadar tabiiy qoplovchi toshlar brendi nomini (qisqa-ro'yxat) shaklida jamlash;

2-bosqichda, joriy yilning 25 yanvariga qadar 1-bosqichda tanlab olingan eng yaxshi 3 ta brend nomlari (qisqa-ro'yxat) orasida ovoz berish orqali eng yaxshisini tanlab olish.

Siz quyidagi tizimlar orqali o‘zingiz tomoningizdan taklif etilayotgan brend nomlarini joylashtirishingiz hamda o‘zingizga ma’qul bo‘lgan brend nomlariga ovoz berishingiz mumkin:

– Google shakllar - resursga veb-bog'lanish

– Telegram so'rovi - resursga veb-bog'lanish

Taklif etilgan nomlar milliy uslubda antiqa nomga ega bo'lishi va bir yoki ikki so'zdan iborat bo'lishi kerak.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 97
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech