Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Sep 2019

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining “EVROSEMENT grup” Xoldingi prezidenti Mixail Skoroxod bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda hamkorlikda yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda dastlab “Ohangaronsement” AJ bazasida “quruq” usulda yiliga quvvati 3 mln. tonna sement ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish, olib borilayotgan bunyodkorliklar haqida so‘z bordi. Shu bilan birga, hududda klaster usulida qurilish materillari, ya'ni yer silkinishiga bardosh beruvchi temir-betonlar ishlab chiqarishni joriy yilning so‘nggiga qadar foydalanishga topshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Albatta, bunday mahsulotlarga kundan-kunga talab ortib bormoqda. Shu bois ushbu yo‘nalishda yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida hamkorlik olib borilyapti.

Uchrashuvda o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham so‘z bordi. Uchrashuv so‘nggida loyihalarni amalga oshirishda infrastruktura (gaz, elektr energiyasi) yaratilishida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma'lumot uchun: “EVROSEMENT grup” Xoldingi Toshkent viloyatida joylashgan “Oxangaronsement” AJ ning eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Mazkur Xolding nafaqat Rossiya Federatsiyasida balki, MDH da qurilish materiallari ishlab chiqarishda yetakchi sanaladi. Uning tarkibida 19 ta sement, shuningdek, beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, metall bo‘lmagan materiallarni qazib olish konlari mavjud.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 61
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech