Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Sep 2019

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Turkiya davlati ishbilarmon doira vakillari delegasiyasi rahbari, “MUSAID” mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi prezidenti Abdurahmon Kaan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama ishonchli aloqalarni rivojlantirish, ayniqsa qurilish materiallari ishlab chiqarishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Yig‘ilishda mamlakatimizda yangi turdagi mahsulotlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalarni sohaga jalb qilish, o‘zaro tajriba almashish, qurilish materiallari do‘konlar tarmog‘ini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirda sohaga xorijiy investorlarni keng jalb qilish bo‘yicha ham fikr bordi.

Yig‘ilish so‘nggida o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, kelgusida hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma'lumki, Turkiya qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ko‘zga ko‘ringan davlatlardan biri sanaladi. Hozirgi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas'ulligida Turkiya davlati bilan hamkorlikda umumiy qiymati 16,5 AQSh dollari bo‘lgan qurilish materiallari uchun kimyoviy qo‘shimchalar va truba-fitinglar ishlab chiqarish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Manba: Матбуот хизмати
Ko'rishlar: 63
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech