Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Oct 2019

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ko‘magida qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha Xitoyning “Panjin Jijia” Co LTD kompaniyasi va “Toshkent Plast Polimer” MChJ o‘rtasida investitsiya kelishuvi imzolandi.

Toshkent PlastPolimer & КНР

Undan yirik loyihani amalga oshirish uchun qulaylik va imkoniyatlar yaratish, hamkorlikda yangi turdagi qurilish materialini ishlab chiqarish va bir qancha tashkiliy masalalar o‘rin olgan.

Qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 45 mln. AQSh dollari bo‘lib, e'tiborlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Shartnomaga ko‘ra, mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi. Buning uchun Mo‘ynoq tumani “Tikuzik” hududida 50 gektar yer ajratish ko‘zda tutilgan. Yangi barpo etilishi kutilayotgan zavod yiliga qamishdan 200 000 metr kub ekologik toza, inson salomatligiga xavfsiz, sifatli DSP ishlab chiqaradi. Shuningdek, loyihada mazkur qamishdan tayyorlangan mahsulotdan zamonaviy mebellar tayyorlash ham rejalashtirilgan. Buning uchun zavod so‘nggi rusumdagi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanadi. E'tiborlisi, korxona ishga tushirilgach bu yerda yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 49
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech