Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Nov 2017

Yangi dastur KNAUFning mavjud tizimlaridan kelib chiqqan holda kerakli materiallar jamlamasi va sarfini hisoblash va qaysi tizim muayyan vazifalarni hal etish uchun to‘g‘ri kelishini aniqlab beradi.

Har bir hisob qo‘shimcha ma’lumotlar bilan hamda qulay chizmalar bilan ta’minlangan.

Natija “Hisoblash” tugmasi bosilgandan keyin ekranda paydo bo‘ladi. “Saqlash” tugmasi natija ostida qulay joylashtirilgan.

Shuni aytish joyizki, barcha shunga o‘xshash kalkulyatorlar kichik noaniqliklarga yo‘l qo‘yishi mumkinligi istisno etilmaydi. Shu sababli, dastlabki hisoblarni ushbu soha mutaxassisi bilan muvofiqlashtirish yoki bajarilgan hisob ular tomonidan tekshirilishi kerak.

Ushbu kalkulyatordan kimlar foydalanishi mumkin?

Quruvchlar, loyihachi mutaxassislar, me’morlar (arxitektorlar), ustalar, qurilish materiallari sotuvchilari, ist’emolchilar, quruvchilar uchun materiallar sotib oluvchilar yoki o‘zi ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanayotganlar.

Hisoblash qanday bosqichlardan iborat?

1. Kerakli konstruksiya turini (pardevor, qoplama, osma shift) va unga to‘g‘ri keladigan jamlama tizimni tanlash kerak;

2. Keyin devor, shift yoki pardevorning geometrik parametrlarini kiritish kerak bo‘ladi;

3. Materiallarning sarfini hisoblash.

Ilovada hisoblarni PDF ko‘rinishida saqlashdan tashqari, uni elektron pochta orqali, telefoningizga o‘rnatilgan messendjer orqali jo‘natish yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish imkoni bor.

KNAUF kompaniyasi haqida

KNAUF guruhi — 1993 yildan beri Rossiya va MDH mamlakatlarida investitsion faolitini yuritayotgan halqaro kompaniya. Bugungi kunda KNAUF guruhi dunyodagi yirik qurilish pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchilaridan biridir.

Manba: OOO Knauf
Ko'rishlar: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech