Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Aug 2016

Yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Mustaqilligining shodiyonalariga tayyorgarlik qizg’in ketmoqda. Mana shu qutlug‘ va shonli ayyomni nishonlashimizga ham sanoqli kunlar qoldi. Istiqlolning bayrami arafasida o‘tgan davrga nazar solar ekanmiz, ushbu tarixan qisqa vaqt mobaynida yurt ravnaqi, el manfaatini ko‘zlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli isloxotlar, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar salmog’i asrlarga teng ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

Mustaqillik yillari xalqimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bosqichma-bosqich amalga oshirilgan izchil isloxotlar taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb nom olgan rivojlanishning o‘ziga xos yo‘li barcha sohalarda birdek barqaror sur’atlarda rivojlanishi, aholi farovonligini ta’minlashning bosh omili bo‘lib xizmat qildi.

Fursatdan foydalanib barcha xodimlarni tabriklab, kelgusi ishlarida muvafaqqiyatlar tilab qolamiz.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 385
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech