Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Sep 2018

“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati respublikamizning barcha hududlarida qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar sonini koʻpaytirish, ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish hamda hududlarda yashayotgan aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

Jumladan, Fargʻona shahrida “To produce & sell constructions materials” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasida DSP ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasiga koʻra, yana 45 yangi ish oʻrni yaratildi. Loyihaning umumiy qiymati 16 milliard soʻm boʻlib, tashabbuskor oʻz mablagʻi hisobidan 6 milliard soʻmni va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan 10 milliard soʻm kredit mablagʻni tashkil etdi. Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida ishlab chiqarish quvvati 7,5 milliard soʻmlik 150 ming dona laminantlangan DSP ishlab chiqarishga erishildi. Loyiha 2018-yil 11-may kuni ishga tushirilgan.

Quvasoy shahridagi “Fergana sement” masʼuliyati cheklangan jamiyatida sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasining ishga tushirilishi tufayli 35 milliard soʻmlik 150 ming tonna sement ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Umumiy qiymati 6,05 milliard soʻm boʻlgan mazkur loyihaga tashabbuskor oʻz mablagʻi hisobidan 1,55 milliard soʻm va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 4,5 milliard soʻm kredit mablagʻ ajratgan. 15 ta yangi ish oʻrnini yaratgan bu loyiha 2018-yil 10-may kuni ishga tushirilgan.

Quvasoy shahridagi “Quvasoy shifer” aksiyadorlik jamiyatida shifer ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasining umumiy qiymati 2 million AQSH dollarini tashkil etdi. 2 million AQSH dollari xorijiy investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilishi hisobiga 10 nafar fuqaro ishli boʻldi. 15 milliard soʻmlik 7 million dona shifer ishlab chiqarish imkoniyatini yaratgan loyiha 2018-yil 14-may kuni ishga tushirilgan.

Oʻzbekiston tumanidagi “Forus kapital invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 80 yangi ish oʻrni yaratildi. Umumiy qiymati 22,347 milliard soʻm boʻlgan ushbu gipskarton ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bunday imkoniyatga sabab boʻldi. Bunda tashabbuskor oʻz hisobidan 14 milliard soʻm va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 8,347 milliard soʻm lizing mablagʻlari ajratgan. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 3,5 milliard soʻmlik 1,5 mln.kv.m. gipskarton ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Loyiha 2018 yil 1 iyul kuni ishga tushirilgan.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 69
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech