Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Dec 2016

2016 yil 15 dekabr kuni “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga “O‘zqurilishmateriallari” AJ faoliyatiga doir 11 ta masala ko‘rib chiqish uchun kiritilgan. Jumladan:

1. “O’zqurilishmateriallari” AJ e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash.

2. “O’zqurilishmateriallari” AJ ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.

3. “O’zqurilishmateriallari” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

4. “O’zqurilishmateriallari” AJ taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

5. “O’zqurilishmateriallari” AJ Boshqaruv a’zolarini saylash.

6. “O’zqurilishmateriallari” AJning 2017 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.

7. “O’zqurilishmateriallari” AJ affillangan shaxslari o‘rtasidagi tuziladigan bitimlarni ma’qullash.

8. “O’zqurilishmateriallari” AJ affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.

9. Koroporativ boshqaruv kodeksini joriy etish.

10. “O’zqurilishmateriallari” AJ faoliyatiga Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini qabul qilganligi to‘g‘risida xabar berish shaklini tasdiqlash.

11. “O’zqurilishmateriallari” AJ “Yagona aksiyador tomonidan qaror qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi, “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi, “Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi, “Ichki nazorat to‘g‘risida”gi, “Axborot siyosati to‘g‘risida”gi, “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi va “Boshqaruv va nazorat organlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash.

Yagona aksiyadorning o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 236
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech