Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Oct 2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 oktyabrdagi PQ-2641-sonli “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi negizida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

Ushbu qarorga asosan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi:

  • ichki va tashqi bozorlarda qurilish materiallari bo‘yicha marketing izlanishlarini olib borish, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talabni aniqlash;
  • mahalliy xom-ashyolarni chuqur qayta ishlash, raqobatbardosh, eksportbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • tarmoqda yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini yuritish, zamonaviy yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishga energiya va resurs sarfini tejovchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish;
  • tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish;
  • korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilishni jadallashtirish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali menejerlarni, shu jumladan xorijiy menejerlarni keng jalb qilish;
  • aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradigan korxona va tashkilotlarga axborot, marketing va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarorida ayrim korxonalardagi davlat ulushlarini hamda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining mulkini balans qiymatida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga (kapitaliga) berilishi belgilangan.

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 oktyabrdagi PQ-2641-sonli qaroriga asosan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Ushbu qaror bilan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparatining tuzilmalari tasdiqlandi.

Shuningdek, qarorga asosan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida ixtisoslashtirilgan “QurilishmaterialLITI” ilmiy-izlanish loyihaviy institutini tashkil etish belgilangan.
Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 577
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech