Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Oct 2020

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 2020 yil 14 oktyabr kuni og‘ir xastalikdan 39 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Ulug‘bek Abrayev 1980 yil 26 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tavallud topgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini magistratura (kunduzgi) yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yildan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo‘limida boshlagan. 2004-2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qildi. 2019 yilda AT “Poytaxtbank” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishladi.

2019 yildan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Ulug‘bek Abrayev mehnat faoliyati davomida qurilish materiallari sanoatining investitsiya, eksport-import yo‘nalishida ko‘plab izlanishlar olib bordi, mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ulkan hissa qo‘shdi.

Ulug‘bek Abrayev yosh bo‘lishiga qaramasdan sohadagi juda ko‘plab yosh kadrlarga ustozlik qildi, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatining oshishiga katta hissa qo‘shgan inson.

Jonkuyar, o‘z ishining ustasi, tajribali mutaxassis Ulug‘bek Abrayev xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mehnat jamoasi Ulug‘bek Abrayev oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 125
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech