Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Jul 2019

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra, Azizbek Abdulazizovich Bahodirov “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ta'sischilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, uyushma raisining ilm-fan va innovasiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Azizbek Bahodirov 2017 yilning fevral' oyidan buyon Toshkent arxitektura-qurilish institutining qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Namangan muhandislik-pedagogika institutining qurilish fakul'tetini 1998 yilda tamomlagan.

2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent arxitektura- qurilish institutida turli lavozimlarda ishlagan. U texnika fanlari doktori, professor.

Manba: UzA
Ko'rishlar: 81
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech