Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Sep 2019

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “RHI Magnesita” (Avstriya) kompaniyasi bilan hamkorlikda sement korxonalari mutaxassislari uchun “Sement sanoati pechlarida o‘tga chidamli g‘ishtlar ishlatilishining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir soha xodimlarining ushbu yo‘nalish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, korxonalar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinish va mavjud muammoli masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Unda mamlakatimizdagi barcha sement ishlab chiqaruvchi zavod mutaxassis va muhandislari ishtirok etishdi. 2 kun davom etgan seminarda Unitherm Cemcon (Avstriya) kompaniyasining sement sanoati pechlarida qo‘llaniluvchi yondirgichlari (gorelkalari), ularni qo‘llash natijasida tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘ilarni ishlatish imkoniyatlari, yoqilg‘ining yonish samaradorligini oshirish va sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

20190925_105854.jpg

Sement ishlab chiqarish korxonasining asosini sement yarim tayyor mahsuloti - klinkerni ishlab chiqaruvchi pechlar tashkil etadi. Amaldagi va ishga tushishi kutilayotgan barcha sement korxonalari uchun aynan pechlarning to‘xtovsiz, yuqori unumdorlik va kam yoqilg‘i sarfi bilan ishlashi juda muhimdir. Chunki aynan pechning samarali ishlashi korxonaning ishlab chiqarish xajmlari, mahsulot sifati va tannarxi kabi asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi.

O‘z navbatida pechning to‘xtovsiz va samarali ishlashi esa asosan uning o‘tga chidamli g‘ishtlardan hosil qilingan ichki himoya qatlamiga (futerovkasiga) chambarchas bog‘liqdir.

Shu bois soha xodimlariga sement ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtovsiz va samarali ishlashi, maishiy va sanoat miqyosidagi iste'molchilarga sifatli va maqbul narxlardagi sement yetkazib berish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma'lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan yaqin kelajakda 20 dan ortiq yirik, o‘rta va kichik quvvatdagi sement ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish xisobiga respublikadagi sement ishlab chiqarish xajmlarini joriy yilda 11,0 mln tonnaga, 2025 yilga kelib 20,0 mln. tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 56
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech