Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Mar 2020

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar hamda joriy yilning 24 dekabr sanasidagi Yurtboshimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishning yeng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha milliy parlamentga navbatdagi, uchinchi murojaatida belgilangan vazifalardan kelib chiqib yoshlar tashabbuskorligini oshirish, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida so‘z yuritildi.

yoshlar bilan uchrashuv

Tadbirda uyushma rahbariyati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi vakillari, uyushmada va soha korxona tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar, ta’lim muassasalarining talabalar ishtirok etdi. Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov so‘zga chiqib Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 dekabr sanasidagi Parlamentga murojaatnomasida yoshlar siyosatiga oid belgilangan eng muhim vazifalarni tushuntirib o‘tdi.

Tadbir doirasida yoshlar uyushma binosida tashkil etilgan ko‘rgazmada bo‘lishdi va bu yerdagi qurilish materiallari haqida to‘liq ma’lumot olishdi.

yoshlar bilan uchrashuv

yoshlar bilan uchrashuv

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 65
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech