Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Mar 2020

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ko‘rgazmalar zalida OAV vakillari, jurnalistlar va bloggerlar uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari bilan tanishing” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi, energiya tejamkor, innovasion qurilish materiallari va ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar haqida tegishli mutaxassislar tomonidan to‘liq ma'lumot berildi.

press-tur

Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Abraev yig‘ilganlarga uyushma tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda rejalar haqida axborot berdi. Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari ko‘rgazmadan o‘rin olgan mahalliy qurilish materiallari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar bilan uchrashuv ham tashkil etildi.

Press-tur davomida jurnalistlar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

press-tur

press-tur

press-tur

press-tur

press-tur

press-tur

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 48
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech