Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Sep 2020

O‘zbekiston Milliy Matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddi tashkilot vakillari, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab agentlik tomonidan mahsulotlar sifatini nazorat qilish, muvofiqlik serftifikatlarini taqdim etish me’yorlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shu bilan birga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurililish materiallarining jaxon talablariga javob berishi, yirik zavodlarda laboratoriyalar faoliyati, import mahsulotlarining sifati va ularga qo‘yilgan talablar haqida to‘xtalib o‘tildi.

– Mamlakatimizdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yirik korxonalarda sifat nazorati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, laboratoriyalarda mahsulotlar jaxon andozalarga mosligi muntazam kuzatib boriladi, – deydi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Ismoilov. – Chunki, hozirgi bozor iqtisodiyotining ham bosh talabi bu – sifat va raqobatdir. Shu bois tadbirkorlarimiz birinchi o‘rinda mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratishgan. To‘g‘ri, keyingi paytlarda sifatsiz qurilish materiallari ham bozorlarimizda uchrab turibdi. Qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar tomonidan bozorlarga sifatsiz, muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan mahsulotlar olib kelinmoqda. Shu bilan birga yirik korxonalar brendini qalbakilashtirish xolatlari ham mavjud. Ayniqsa, sement mahsuloti bo‘yicha bir qancha soxta tadbirkorlar faoliyati aniqlanmoqda.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 54
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech