Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Dec 2019

Surxondaryo viloyati hokimligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va tijorat banklari hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalari ro‘yhatini shakllantirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida “Surxon KSP Grand” mas’uliyati cheklangan jamiyatga media-tur tashkil etildi. Unda 10 dan ortiq OAV xodimlari, bloggerlar ishtirok etishdi.

OAV uchun media-tur tashkil etildi

Jurnalistlarga dastlab qamishdan DSP ishlab chiqarish, uning texnologiyasi, sifati haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng OAV xodimlari qamish o‘rishdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon ishtirok etishdi. Bu yerda ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lumki, “Surxon KSP Grand” mas’uliyati cheklangan jamiyat 2017 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, korxonaning yillik quvvati 30 000 m3 qamish qirindi plitalari ishlab chiqarishga ega. Qamish qirindisidan KSP ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 5,0 mln.AQSh dollari, shundan bank krediti 2,0 mln. AQSh dollari, korxonaning o‘z mablag‘i 3,0 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

OAV uchun media-tur tashkil etildi

Bugungi kunda korxonada 200 nafar xodim faoliyat olib borib, shulardan 125 nafari yoshlarni tashkil etadi.

Ushbu loyihaning asosiy jihati shundan iboratki Surxondaryo viloyati hududida 26 ming gektardan ortiq maydonda yovvoyi tarzda qamish o‘sadi. Shu paytgacha, har yili kuzda qamishzorlar yoqilib, tevarak-atrofdagi xayvonot va o‘simliklarga jiddiy zarar yetkazayotgan hamda atmosferani zararli gazlar bilan ifloslantirayotgan edi. Bunday xom ashyoni iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, yurtimiz obodligini ta’minlash va tevarak-atrof musaffoligini asrashga yo‘naltirgani tahsinga sazovor. Ohirgi yillar kuz mavsumida Termiz va Muzrabot kabi tumanlarda qamishzorlar yoqilmaganligi ko‘pchilikni mamnun qildi. Respublikamizga chet eldan valyuta hisobiga xarid qilinayotgan DSP mahsuloti o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqilishi mahalliylashtirilib, yo‘lga qo‘yildi.

OAV uchun media-tur tashkil etildi

Qamishdan DSP mahsuloti 100 % mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi, aholiga sifatli va asosiysi mahalliy mahsulot yetkazib berilishiga asos bo‘ldi. Ushbu mahalliylashtirish dasturi loyihasini amalga oshirish natijasida 150 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi, hozirda 4 mln. AQSh dollariga Afg‘oniston va Tojikiston Respublikalari bilan shartnoma imzolab eksport amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasidan qamish xom-ashyosidan KSP ishlab chiqaradigan texnologik asbob-uskunalar olib kelib o‘rnatilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot to‘liq mahalliy mahsulotdan 1830x2750x16 o‘lchamda KSP ishlab chiqarilmoqda, og‘irligi 56 kilogramni zichlik darajasi 680-720 kg/m3 ni tashqil qiladi.

OAV uchun media-tur tashkil etildi

KSP mahsulotini ishlab chiqarish uchun 2017-2019 yil mavsumida 26 ming gektar hududlaridan jami 550 ming m3 dan ziyod qamish xom-ashyosi zaxiraga yig‘ilgan, bugungi kunda ishlab chiqarish uchun foydalanib kelinmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning xaridorgirligini yanada oshirish, bozorda mustahkam o‘z o‘rnini topish maqsadida zavodga ikkinchi bosqichda quvvati yillik 50 000 kub metr KSP mahsulotini sayqallab laminatsiyalashni yo‘lga quyish uchun Xitoy Xalq Respublikasidan dastgohlar olib kelinib, o‘rnatildi.

Media-tur davomida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi.

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

OAV uchun media-tur tashkil etildi

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 182
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech