Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Mar 2019

"Ohangaronsement" ("Eurocement grup" tarkibiga kiradi) aylanma pechiga yangi avlod reduktorini o'rnatdi. Chexiyaning "WIKOV" kompaniyasi texnikasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Pechning modernizatsiya qilinishi uskunadan foydalanish koeffitsiyentini oshirish va ta'mirlash davrini uzaytirish imkonini beradi.

Reduktorni almashtirishdan tashqari, ushbu aylanma pech rejadagi kapital ta'mirlashdan chiqarildi. Ta’mirlash ishlari klinker transportyorlari, shlam quvurlari, sovutgich, issiqlik almashtirgich va boshqa uskunalarda olib borildi. Jami investitsiyalar hajmi 1,5 million AQSh dollaridan oshdi. Ushbu choralar tufayli "Ohangaransement" qurilish mavsumi davomida yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni va yillik sement ishlab chiqarish quvvatining (2 million tonna) maksimal suratida ishlashni davom ettiradi.

Chexiya kompaniyasi reduktori firma supervayzerining bevosita nazorati ostida o'tkazildi va mol yetkazib beruvchi uskuna ishlashining ishonchliligini kafolatladi. Yangi reduktorning ishlatilishi oson, o'lchami ixcham va xavfsizlik darajasi yuqoridir.

“WIKOV” kompaniyasi 100 yildan beri tishli g’ildiraklar va mexanik reduktorlar ishlab chiqaradi. Tajriba va zamonaviy texnologiyalar kompaniyani o'z sohasining yetakchi kompaniyalaridan biriga aylantirgan.

"Ohangaransement" faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha tadbirlarni muntazam o'tkazib keladi. 2006-yildan boshlab zavod yoqilg'i va elektr energiyasi sarfini 20 foizga qisqartirishga erishdi, mehnat unumdorligi esa 2,5 barobarga oshdi. Mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish 2020-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan yangi zavodning faol ravishda qurilishi bilan bir qatorda amalga oshirilmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 32
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech