Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Jun 2019

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida Ohangaron tumanida «Building innovation» korxonasi qurib bitkazildi. Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatildi.

Korxona yiliga 112 million donadan ziyod pardozbop g‘isht ishlab chiqarish, 3 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qo‘llanilgani, xomashyo tumanning o‘zidan olinishi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon bo‘ladi. 250 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.

Korxona mahsulot hajmi va sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqichda keramik bloklar, panellar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi. Korxona rahbariga qurilish materiallari turlarini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shu yerda Toshkent viloyatida qurilish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, charmni qayta ishlashga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Rossiyaning «Evrosement grup» xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oshiriladigan loyiha shulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qilish, 200 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech