Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Aug 2019

Ohangaron sementchilari kasb bayrami – Quruvchilar kuni – arafasida 2019-yilning 7 oyini yakunlini e’lon qildi. “Ohangaronsement” korxonasi jamoasi (“EVROSEMENT grup” Xoldingi tarkibiga kiradi) ushbe davrda 1,1 mln tonna sement ishlab chiqardi, bu o’tgan yilning ayni davri ko’rsatkichining uchdan biriga (29%)ga ko’p.

Korxona oylik mahsulot yetkazib berish bo’yicha rekord o’rnatib, o’z mijozlariga 34% ko’p sement yetkazib berdi: 2019 yilning iyul oyida 190 349 tonna sement yetkazib berilishi 2013-yildan buyon eng yuqori natija bo’ldi.

Ishlab chiqarish va mahsulot yetkazib berish ko’rsatkichlarining o’sishiga korxonaning tog’-kon xo’jaligi ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar: yanvar-iyul oylari mobaynida bir million tonnadan ko’proq ohaktosh qazib olindi. Joriy yil boshida tog’-kon uskunalari parkini modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya dasturi doirasida sotib olingan SHACMAN rusumli yuk tashish mashinalarini ekspluatatsiya qilish ularning ishonchliligi va samaradorligini tasdiqladi.

Qish mavsumida texnologik uskunalarni yuqori sifatli ta’mirlanishi va zavod jamoasining mas’uliyatli mehnati evaziga "Ohangaronsement" korxonasi har yili qurilish mavsumining yuqori cho'qqisida iste'molchilarga sementni barqaror yetkazib beradi.

Sementchilarning kasb bayrami - Quruvchilar kuni munosabati bilan korxonaning yuqori natijalarga erishishiga katta hissa qo'shgan xodimlari tantanali ravishda taqdirlandi. Eng yaxshi xodimlar "EUROSEMENT group" ning nishonlari va mukofotlari, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va "Ohangaronsement" aksiyadorlik jamiyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Bayramda shuningdek, ishchi nominatsiyalari bo'yicha kasbiy mahorat tanlovining sovrinli o’rinlari sohiiblari, sport musobaqalari g'oliblari va an’anaviy bolalar rasmlari tanlovi ishtirokchilarini tabrikladilar.

Ko'rishlar: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech