Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Apr 2019

“EVROSEMENT grup”ga kiruvchi “Ohangaronsement” korxonasida “Biz bu yerda yashaymiz va ishlaymiz!” bahorgi aksiyasi bo’lib o’tdi. 200 dan ziyod isnchi-xodimlar korxona va uning atrofidagi hududda obodonlashtirish ishlari bilan shug’ullandilar.

Tadbir ishtirokchilari shahardan zavodga olib boruvchi yo'lni tozaladilar, ma'muriy binolar atrofini obodonlashtirdilar, bog'lardagi mevali daraxtlarni parvarish qildilar. Har bir ob’ektdagi ishlarni tashkil qilish uchun maxsus guruhlar tashkil etildi.

Sahar yo'lini tozalash ichki nazorat xizmati va ma'muriy-xo’jalik bo'limi xodimlariga topshirildi. Ishlab chiqarish maydonida yana uchta jamoa ishladi. Aksiyani Ohangaron politexnika kolleji talabalaridan bir guruhi o’z tashabbuslari bilan qo'llab-quvvatladilar. Korxonada amaliyot o'tayotgan talabalar ustozlariga o’t o’rish va gul ekishda yordam berdilar.

Tadbir ishtirokchilari uchun dala oshxonasi xizmat ko’rsatdi, xodimlarga o’choqda osh damlandi. Bunday tadbirlar nafaqat korxonaning obodonlashtirish sifatini oshiradi, balki xodimlar orasidagi norasmiy muloqotga sharoit yaratib, jamoani jipslashtirishga yordam beradi.

Ko'rishlar: 107
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech