Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Jun 2020

"Ohangaronsement" korxonasi ("EUROCEMENT group" Xoldingi tarkibiga kiradi) 2020-yilning may oyida iste'molchilarga 180 ming tonnadan ortiq yuqori sifatli sement jo'natdi, bu esa oylik mahsulot sotish bo’yicha rekord natija bo’ldi. Ushbu ko'rsatkich 2019-yilning ayni davriga nisbatan 10,6% (17 250 t) yuqoridir.

"Ohangaronsement" ishlab chiqarish va mahsulot sotish ko'rsatkichlarining ishonchli o'sishini namoyish etmoqda. Korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini tizimli modernizatsiya qilish, biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish, xodimlarning rivojlanishi ishlab chiqarish uzluksizligini ta'minlamoqda va iste'molchilarga eng yuqori sifatli mahsulotlarni taklif etish imkonini bermoqda.

"Ohangaronsement" bosh direktori Gennadiy Kulikov rekord ko'rsatkichlarga erishishni ta’minlagan barcha bo'linmalarning o’zaro muvofiqlasgan ishini yuqori baholadi va klinker kuydirish bo'limi, avtotransport sexi, sementni jo'natish va qadoqlash uchastkasi, sotish boshqarmasi xodimlarining hissasini alohida ta'kidladi.

"Coronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan maxsus ish rejimiga qaramay, korxona jamoasi texnologik jarayonning barcha bosqichlarida samarali ishlashga erishmoqda. Yuqori ishlab chiqarish natijalarini ko’rsatish bilan birga, xodimlar sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish madaniyati, ish o'rinlarini tashkil etishga alohida e'tibor qaratgan", – dedi Gennadiy Kulikov.

Korxonaning yuqori samaradorligi "Ohangaronsement"ga O'zbekiston bozorining qurilish materiallariga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun barqaror mahsulot yetkazib berish imkoniyatini kafolatlaydi. Mahsulot turlarining kengligi va ularning yuqori sifati hududda qurilayotgan binolarning seysmik bardoshiga bo’lgan maxsus talablarni hisobga olgan. "Ohangaronsement" mahsulotlari O'zbekistonning eng mas'uliyatli qurilish loyihalarida, jumladan, sanoat, infratuzilma, madaniy, ijtimoiy va turar-joy ob'ektlarida ishlatiladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 64
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech