Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Mar 2020

Olovbardosh g‘isht maxsus qurilish materiallari hisoblanadi, undan yuqori haroratdagi tosh konstruksiyalarni, pechlarni qurishda foydalaniladi. Chunki, olovbardosh g‘isht yonginni izolyatsiya qilish xususiyatiga ega. Eng muhimi, olovga chidamli g‘ishtlar pechning poydevorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olovdan yoki issiq ko‘mirdan himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Mazkur qurilish materiali odatda jigarrang yoki ochroq rangda bo‘ladi.

Olovbardosh g‘ishtlarni tayyorlash texnologiyasi murakkab bo‘lib, 1300-1400℃ gradus xaroratda o‘tga chidamli loydan (aralashmaning 70 foizi) va grafit, kremniy oksidi va allyumin, yirik kvars donalari va koksdan tayyorlanadi. Shuningdek, olovbardosh g‘isht yorilmasligi uchun uning tarkibiga loy ham qo‘shiladi. Olovbardosh g‘ishtlar 2.28 sm*1.15sm*6.4sm. o‘lchamda tayyorlanadi.

Dinas

G‘ishtlarni bog‘lash uchun olovbardosh g‘il aralashmasi ishlatiladi, uning ichiga maydalangan (ezilgan) olovbardosh g‘isht solinadi. Shuni ta’kidlash joizki, bunday g‘ishtlarni yotqizayotganda ularni bir-biriga juda ehtiyotkorlik bilan jipslash kerak bo‘ladi.

Shakli bo‘yicha olovbardosh g‘isht to‘g‘ri, trapetsiya va klin shaklida bo‘lishi mumkin. Olovbardosh g‘ishtning bir nechta turlari mavjud. Jumladan Shamotli yoki glinozyomli g‘isht harorat o‘zgarishiga chidamli bo‘lib, qurilishda, kommunal infratuzilmada, xususan, qozonxona va IESlardagi asosiy pishirish pechlariga ishlatiladi. Uglerodli g‘ishtlar erkin uglerod asosida ishlab chiqariladi, Ularning olovga chidamliligi 2000℃ gradus pishirishda tayyorlanib 3500 ℃ gradusgacha o‘tga chidamlidir. Shuning uchun ularni metall eritish uchun futerovka pechlarida, energetika va AESda ishlatishadi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 321
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech