Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Nov 2018

Ma’lumki zamonaviy moliya tizimini kapital bozorisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fond bozori esa kapital bozorida muxim axamiyatga ega. Fond bozori rivojlanishining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri shundaki, u keng doiradagi investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning kapitalini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga jalb qilish, ularni qayta diversifikatsiya qilish, shu orqali mamlakat uchun muxim bo‘lgan yirik loyixalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan turli iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.

Fond bozorini taraqqiy toptirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va axolining real daromadlariga xam ta’siri kattadir. Chunonchi, unda kompaniyalar o‘zlarining innovatsion loyixalarini moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bozorning boshqa ishtirokchilari esa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish, shuningdek dividend va foiz ko‘rinishida daromad olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bugungi Farg‘ona viloyatidagi aksiyadorlik jamiyati soni 43 tani tashkil etadi. Viloyatdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarning soni jami 60097,733 mln. donani, chiqariluv xajmi 693,12 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. 2018 yilning o‘tgan 9 oyi davomida “Toshkent” Respublika fond birjasida savdolar aylanmasi 329,8 mlrd. so‘mni, bitimlar soni esa 7793 tani tashkil etdi. Shundan viloyatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdolar xajmi 35,27 mlrd. so‘mni, bitimlar soni 4462 tani tashkil qildi.

Bu borada Farg‘ona viloyati respublika miqyosida Toshkent shaxridan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birja savdolarida o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda o‘sish kuzatildi. Bunga keyingi paytda soxani rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondoshuvdagi isloxotlar sabab bo‘lmoqda desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 10.05.2017 yildagi 268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishi tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bu borada muxim qadam bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Chunki, mazkur qaror asosida mamlakatimiz fond bozorida ilk marta “Kvars” AJ aksiyalarini IPO (birlamchi ommaviy taklif etish) usulida sotilishi ko‘plab fuqarolarimizni fond bozoriga bo‘lgan qiziqishini yanada ortirdi xamda fond bozorini rivojlanishida muxim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bugungi kunda “Kvars” AJ aksiyalariga talab yuqori bo‘layotganligini e’tiborga olsak, dastlab aksiya sotib olgan fuqarolarimiz, xam dividend ko‘rinishida xam aksiyalarni qimmatroq narxda sotish orqali daromad ko‘rmoqdalar. Shuningdek yuqoridagi qarorda viloyatimizdagi “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ aksiyalarini SPO (ikkilamchi ommaviy taklif etish) usulida sotilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib xozirda aksiyalarni ommaviy savdosini tashkil etish bo‘yicha so‘ngi bosqich tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Darvoqe, yaqinda “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ o‘zining ustav fondini o‘tgan yillar taqsimlanmagan foydasining bir qismini kapitalizatsiya qilish xisobiga oshirib 1677,339 mln so‘mdan 20128,068 mln so‘mga yetkazdi. Taqsimlanmagan foydani kapitalizatsiya qilinishi jamiyatning aksiyadorlariga ularning nominal qiymati 900 so‘m bo‘lgan xar bir dona aksiyalariga qo‘shimcha 11 tadan (!) aksiya berilishi orqali daromad olishlarini ta’minladi. Shuningdek joriy yilda “Qo‘qon spirt” AJ xamda “Beshariq paxta tozalash” AJ lar xam o‘zlarining ustav fondlarini mos ravishda o‘tgan yillar taqsimlanmagan foydasining bir qismini kapitalizatsiya qilish xisobiga oshirib aksiyadorlarga qo‘shimcha aksiyalar berilishi orqali daromad olish imkonini taqdim qildilar. Bundan tashqari viloyatda joylashgan aksiyadorlik jamiyatlarida 2017 yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishlarda jami 66,7 mlrd. so‘m dividend e’lon qilindi.Bu borsada ayniqsa “Kvars” AJ yetakchilik qilib olingan sof foyda 88,23 mlrd. so‘mdan 44,11 mlrd. so‘mni dividend to‘loviga yo‘naltirdi. Biz yuqorida misol tariqasida ayrim raqamlarni keltirdik xolos. Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarni respublikamizining istalgan xududida ko‘plab uchratish mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, keyingi paytda korxonalar biznesni moliyalashtirishda ko‘proq bank kreditini afzal bilsalar, oddiy fuqarolar investitsiya ob’ekti sifatida ko‘chmas mulk, qimmatbaxo buyumlar, bank omonatlarini afzal ko‘rmoqdalar. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlardagidek qimmatli qog‘ozlar tadbirkorlik faoliyati uchun kapital jalb qilish, shuningdek foyda olishning samarali vositasi ekaniga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

M.Kenjayev
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish
Markazi Farg‘ona viloyat xududiy boshqarmasi boshlig‘i

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: AJ "Kvarts"
Ko'rishlar: 74
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech