Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Apr 2018

2018 yilning 14-aprel kuni soat 11:00da “Qizilqumsement” AJ majlislar zalida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

K U N T A R T I B I :

  1. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
  2. Kuzatuv kengashining 2017 yil natijalari va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish buyicha hisobotini ko‘rib chiqish;
  3. Bosh direktorning 2017 yil va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish buyicha hisobotini ko‘rib chiqish;
  4. Tashqi auditor va Taftish komissiyasi xulosalarini qabul qilish;
  5. 2017 yil balansini tasdiqlash;
  6. 2017 yil foydasini taqsimlash;
  7. Uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish;
  8. 2018 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejani va smeta xarajatlarini tasdiqlash;
  9. Jamiyatning uzoq muddatli rivojlanishi strategiyasini tasdiqlash;
  10. Bosh direktorni saylash;
  11. Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
  12. Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
  13. 2018 yilga tashqi auditorlik tashkilotini saylash va unga to‘lanadigan xaqning eng ko‘p miqdorini belgilash;
  14. Korporativ boshqaruv tizimini baxolash natijalari to‘g‘risida;
  15. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni ma’qullash;
  16. Jamiyat Strukturasini yangi tahrirda tasdiqlash;
  17. Kuzatuv kengash qarorlarini tasdiqlash.

Manzil: Navoiy shaxar, «Qizilqumsement» AJ majlislar zali. Yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga xabar berish ro‘yxati 31.03.2018 yil xolatidagi reyestr bilan tuziladi. Yig‘ilishga qatnashish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 10.04.2018 yil xolatidagi reyestr asosida tuziladi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 1000dan 1050gacha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 0436-229-83-04 tel.raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ko'rishlar: 34
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech