Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Dec 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonasi “Qizilqumsement” AJ tomonidan umumiy qiymati 5,1 mln. AQSh dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Ya’ni, bugun energiya tejamkor, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sement ishlab chiqaruvchi 8-tegirmon qurilib foydalanishga topshirildi. Tegirmon uchun uskunalar Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan bo‘lib, uning yillik quvvati 500 ming tonnani tashkil etadi.

Ma’lumki, "Qizilqumsement" AJ sement ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda eng yirik korxona hisoblanadi. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 3,5 mln tonnani tashkil etadi. Aytish kerak, joriy yilda “Qizilqumsement” AJ Respublikamizda birinchi bo‘lib M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 55
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech