Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Jan 2020

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining infratuzilmasini yaxshilash, hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada taraqqiy ettirish asnosida ko‘plab investitsiya loyihalari ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu yerda neft-gaz, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning natijasida esa xorijiy investorlar ishtirokida yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti.

KARAKALPAK SEMENT

2017 yilda Qorao‘zak tumanida o‘z faoliyatini boshlagan “KARAKALPAK SEMENT” MChJ QK ham ana shunday investitsiya loyihalaridan biri sanaladi. Umumiy qiymati 40 mln AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyihaning dastlabki bosqichida 17 mln dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 200 nafardan ziyod aholi ish bilan ta’minlangan. Korxona dastlab yiliga 200 ming tonna M-400 markali sement ishlab chiqarish quvvati bilan boshlagan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 400 ming tonnaga yetkazildi. O‘tgan 2019 yilda hududni sement mahsulotiga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi. Ishlab chiqarish quvvati 2 barobar ortdi. Yangi ishlab chiqarish liniyasida zamonaviy energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilgan. Ma’lumki, mazkur korxonada muqobil yoqilg‘i turi ko‘mirdan foydalaniladi.

KARAKALPAK SEMENT

Qoraqalpog‘istonda sement zavodlari soni 2 ta bo‘lib, bular “KARAKALPAK SEMENT” MChJ QK va “Titan cement” MChJ QKdir. Ushbu zavodlarning yillik umumiy ishlab chiqarish quvvati 600 ming tonnani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi - g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g‘arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog‘istonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 million 700 ming kishidan ziyoddir.

KARAKALPAK SEMENT

KARAKALPAK SEMENT


Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 207
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech