Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Mar 2020

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy balki, jaxon bozorlarida ham o‘sib bormoqda. Ayniqsa, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i, ohak, keramik plitkalar, gips kabi mahsulotlar eksporti yildan-yilga ortmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2019 yilda qurilish materiallari sohasi uchun eksport prognozi 95,0 mln. dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich eksporter korxonalar tomonidan 140 mln. dollar yoki 147%ga bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil eksport prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi topshirig‘iga muvofiq “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarga joriy yildagi prognozi 55,0 mln. dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 85,3 mln. dollarga yoki 155%ga yetkazildi.

Ushbu davrda uyushma a’zo korxonalari tomonidan 6,0 mln. dollarlik keramik plitkalar, 4,7 mln. dollarlik ohak, 3,9 mln. dollarlik gipsokarton, 6,3 mln. dollarlik qog‘oz, 2,3 mln. dollarlik oyna va oyna mahsulotlari, 1,8 mln.dollarlik gul qog‘oz va boshqa turdagi mahsulot va qurilish xizmatlari eksporti amalga oshirildi.

Eksport qilingan an’anaviy bozorlar Qozog‘iston (keramik plitkalar, ohak, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i(steklovolokno) va boshqa mahsulotlar), Qirg‘iziston (keramik plitkalar, bezakli oyna, ohak va boshqa mahsulotlar), Turkmaniston (gipsokarton, gips, lenoleum, lok-bo‘yoq, qog‘oz mahsulotlari), Afg‘oniston (gipsokarton, gips, banka va butilkalar, qog‘oz mahsulotlari) kabi mamlakatlar hisoblanadi.

E’tiborlisi, eksport geografiyasi 2019 yilda Ozarbayjon (keramik plitkalar, gulqog‘oz, issiqlik saqlovchi oyna momig‘i(steklovolokno), qog‘oz mahsulotlari), Turkiya (vermikulit, mis va PVX truba va fitinglar), Rossiya Federatsiyasi (keramik plitkalar) va Ukraina (issiqlik saqlovchi oyna momig‘i (steklovolokno), truba va fitinglar, banka va butilkalar kabi mahsulotlar) kabi mamlakatlar hisobiga yanada kengaydi.

2020 yilda respublika qurilish materiallari sohasiga 200,0 mln. dollarlik qurilish materiallari va qurilish xizmatlari eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilangan.

2020 yil uchun belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarining asosiy ulushi 43 turdagi qurilish materiallari va xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda, jumladan, sement, alyumin profillar, keramik plitka, ohak, gipsokarton, oyna va oyna mahsulotlari, gul qog‘oz va boshqalar.

Yildan-yilga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga jahon bozorida talabning ortishi, mahsulotlarning sifatli va jahon standartlariga to‘la javob berishidan dalolat beradi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 117
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech