Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Mar 2020

Sohaga innovatsiya va ilm-fanni joriy qilish orqali har jihatdan samaradorlikka erishish mumkin. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy texnikaviy ishlanmalarni tadbiq etilish natijasida yangi turdagi, energiya tejamkor, zamonaviy, jahon standartlari darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2019 yilda umumiy qiymati 7.6 mlrd. so‘mlik 10 ta yo‘nalish bo‘yicha innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

E’tiborlisi, o‘tgan 2019 yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy Kengashiga jami 29 ta innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Kengashning qaroriga asosan quyidagi 7 ta ilmiy ishlanmalar moliyalashtirishga yo‘naltirildi:

“Issiqlik elektrostansiyalarining sanoat chiqindilari (zoloshlak)dan foydalanib yangi innovatsion qurilish materiali, zolobeton bloklari ishlab chiqarish” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 2.5 mlrd so‘m);

“Azbozurit ichidan asbestni saralab olish texnologiyasi va uning iqtisodiy samaradorligi” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 205 mln so‘m);

“Mahalliy xom-ashyo asosidagi energiya va resurs sarfini kamaytiradigan yangi kuydirilmasdan olinadigan bog‘lovchilar” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 1.2 mlrd so‘m);

“Mahalliy tabiiy va ikkilamchi resurslar asosida yuqori sifatga ega klinkerli sement ishlab chiqarish va olish” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 0.8 mlrd so‘m);

“Avtomobil yo‘llari qurilishida qo‘llash uchun mahalliy xom ashyo asosida modifikatsiyalangan serobeton ishlab chiqarish” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 1.6 mlrd so‘m);

“Tarkibida glaukonit va temir mavjud bo‘lgan cho‘kindi jinslar asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 1.2 mlrd so‘m);

“Angren va Yangiangren issiqlik elektr stansiyalarining sanoat chiqindilaridan foydalanib tom yopish qoplamasi (shifer) ishlab chiqarish texnologiyasi” (Umumiy moliyalashtirish hajmi – 1.7 mlrd so‘m) loyihalari.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 117
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech