Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Jun 2020

2020 yil 24 iyun kuni Milliy matbuot markazida "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan OAV xodimlari uchun “Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish buyicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi ijro etuvchi apparatining rahbarlari va mutaxassislari, uyushma tarkibidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Milliy matbuot markazi

Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhiti yanada yaxshilandi. Bu boradagi qonunchilik yangilanib, investorlar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlandi. Buning natijasida barcha sohalarda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar soni oshdi.

Xususan, qurilish materiallari sanoatida xorijiy investorlarni keng jalb qilish orqali yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, uyushma tomonidan 2017-2019 yillarda Davlat investitsiya dasturlariga asosan qurilish materiallarini ishlab chiqarishga qaratilgan umumiy qiymati 238,5 mln. dollar bo‘lgan 18 ta yirik investitsion loyihalar ishga tushirildi va buning natijasida 2 198 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Milliy matbuot markazi

Shundan, 2019 yilda umumiy qiymati 102,7 mln. dollar bo‘lgan 8 ta yirik investitsion loyihalar ishga tushirildi va 1 143 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, Toshkent viloyatidagi Angren EIZ hududida umumiy qiymati 38 mln. dollar bo‘lgan “Run Tong Metal Industrial" MChJda yiliga 180 ming tonna metal armatura ishlab chiqarish, "Great Wall Ceramic Industry" MChJ QKda yiliga 200 ming dona keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish hamda Xorazm viloyatida "New Best Style" MChJda yiliga 1800 ming rulon gulqog‘oz ishlab chiqarish loyihalarini misol qilib keltirish mumkin.

Shuningdek, “Yevro Global Invest” MChJ korxonasida 180 ming kv metr yirik panelli temir-beton mahsulotlari, “Ohangaronsement” AJda 90 ming kub metr temir-beton mahsulotlari, Samarqand viloyatida “Praym Keramiks” MChJda 2,8 mln. kv m keramik plitka, Toshkent shahrida “Oriyent Keramik” MChJda 3,6 mln. kv m yirik o‘lchamli keramik plitkalar ishlab chiqarish va “Qizilqumsement” AJda 500 ming tonna klinkerni maydalash tegirmoni qurish loyihalari ishga tushirildi.

Milliy matbuot markazi

Bundan tashqari, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda, hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2019 yilda umumiy qiymati 5,8 trln. so‘mlik jami 626 ta loyihalar ishga tushirildi va 11 240 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu ishlarning davomi sifatida 2020-2022 yillar uchun tasdiqlangan Investitsiya dasturiga (PQ4365) asosan umumiy qiymati 3 942,4 mln. dollar bo‘lgan 94 ta yirik loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, shundan joriy yilda umumiy qiymati 915,9 mln. dollar bo‘lgan 47 ta investitsion loyihalar ishga tushiriladi va 4 331 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Mazkur loyihalardan qiymati 868,5 mln. dollar bo‘lgan 17 ta loyihalar bevosita Uyushma tomonidan shaklantirilgan bo‘lib, shundan qiymati 281,4 mln. dollar bo‘lgan 8 ta yirik investitsion loyihalar ishga tushiriladi va buning natijasida 1 340 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Jumladan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Investitsiya dasturi doirasida 2020 yil 1 chorakda 17 ta loyiha bo‘yicha jami 39,1 mln. dollar, shundan 35,3, mln. dollari xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga o‘zlashtirildi.

2020 yil yakuniga qadar bevosita Uyushma tomonidan Investitsiya dasturiga kiritilgan 17 ta loyihalardan 8 tasi ishga tushirish va 1 340 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan, xususan:

  1. Quvasoy shahrida “Kvars” AJda 70,2 mln dollar (xorijiy investitsiya – 41,5 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 22,2 mln.kv.m float oyna ishlab chiqarish yangi liniyasini qurish;
  2. Bekabod shahrida “Bekobodsement” AJda 10,0 mln dollar (tijorat bank krediti – 6,8 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 500 mln.tnsement tegirmonini qurish;
  3. Ohangaron tumanida “Ohangaronsement” AJda 160,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 160,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 2,4 mln.tn sement ishlab chiqarish yangi liniyasini qurish;
  4. O‘rta-Chirchiq tumanida “Toshkent temir beton va uy qurilish kombinati” UKda 20,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 15,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 120 ming kub metr temir-beton buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
  5. Muzrabod tumani “Surxan KSP Grand” MChJ QKda 9,1 mln dollar (xorijiy investitsiya – 7,1 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 150 ming kub metr qamishdan DSP ishlab chiqarish;
  6. Urganch shaharida“Urgench kurilish materiallari” MChJda 2,5 mln dollar (xorijiy investitsiya – 1,9 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 100 ming kub metr gazobeton bloklari ishlab chiqarish;
  7. Termiz shahrida“ORAVIT CERAMIC” MChJda 1,6 mln dollar (xorijiy investitsiya – 1,2 mln.dollar)investitsiya hisobiga yiliga 48 ming dona santexnik buyumlar ishlab chiqarish;
  8. Mo‘ynoq tumanida “Muynak LDSP” MChJda 8,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 5,4 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 50 ming kub metr qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Qayd etish lozimki, Uyushma tomonidan Davlat investitsiya va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda eng avvalo ichki bozorni sifatli qurilish materiallari bilan to‘ldirish hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aamalga oshirilgan ishlar natijasida, 2019 yilda 8 mln kv m keramik plitkalar (o‘tgan yilga nisbatan 133,6 foiz), 656,3 ming o‘ram oboy (4,3 marta), 38,2 mln kv m gipsokarton (137,5 foiz), 10 992 ming tonna sement (107,5 foiz), 18,8 mln kv m qurilish oynasi (127 foiz), 111,9 ming tonna quruq qurilish aralashmasi (126,5 foiz), 101,2 ming tonna ohak (125,7 foiz) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Yuqorida keltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2019 yilda keramik plitkalar, gipsokarton listlari, beton va suniy tosh mahsulotlari, Qurilish g‘ishtlari, bloklar, keramik toshlar, Bruschatka, bordyur toshlari, toshdan plitalar, ohak kabi qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talab to‘liq qoplandi va 139 mln. dollar mahsulotlar eksport qilindi.

Joriy yilda ham amalga oshirilayotgan loyihalarning ishga tushirilishi natijasida qurilish oynasi, santexnika buyumlari, lok buyoq mahsulotlari, sement va issiqlik saqlovchi materiallar kabi qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qoplash bo‘yicha quvvatlar yaratiladi.

Joriy yilning I choragi yakunlari bo‘yicha respublikaga 78,2 mln. dollarlik qurilish materiallari import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (106,1 mln.doll.) 27,8 mln.dollarga yoki 26 % ga kamayganligini Amalga oshirilayotgan ishlarning samrasi sifatida ko‘rish mumkin.

Bu boradagi ishlar davom ettirilgan holda Uyushma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PK-4335-sonli qaroriga asosan O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda 500 mln. dollarlik xorjiy kredit liniyalar hisobidan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil iyuldagi 611-sonli qaroriga asosan
Milliy bank bilan hamkorlikda 150 mln. dollar pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash loyihalar amalga oshiriladi.

Shuniningdek, Ipotekabank bilan birgalikda keramik qurilish materiallarini ishlab chiqarish yo‘nalishidagi 150 mln. dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

Uyushmaning galdagi maqsad va vazifalari ichki bozorni yangi, zamonaviy qurilish materiallari bilan bozorni to‘ldirish, bunda Verxan (Germaniya) Rokko (Ispaniya), Vitra (Turkiya), Jomoo (Xitoy) kabi sohadagi taniqli birindga ega korxonalarni respublikamizga jalb qilish orqali yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportbop mahsulotlar turi va salmog‘ini oshirish hisoblanadi.

  1. Viloyat xokimliklari va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2020 yilda prognozlashtirilgan umumiy quvvati 4,9 mln tonnaga teng 6 ta yangi quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini hamda mavjud quvvatlarni 20,0 mln tonnaga yetkazish hisobiga respublikaning ichki talabini to‘liq ta’minlash.
  2. Jumladan, “Ohangaron sement” AJ – quvvati 2,4 mln tonna, "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ –1,2 mln tonna, "Samarkand Afrosiyob sement" MChJ - 560 ming tonna, “Bekobodsement” MChJ – 500 ming tonna, "Jaxon Yevro Servis" MChJ – 150,0 ming tonna hamda "Qurilish ashyo sifat servis" MChJ –100,0 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.
Milliy matbuot markazi
Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 58
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech