Qurilish materiallari sanoati rivojlanishning yangi bosqichida

News image

O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati bugun ishlab chiqarish hajmini oshirish, investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish orqali bozorga yangi tovarlarni chiqarish, eksportni kengaytirish sari mo‘ljal olgan. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatda umumiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 3,8 barobarga ortdi. Ayniqsa, sement, qurilish oynasi, keramik va gipsokarton plitalari, gulqog‘ozlar kabi mahsulotlar sanoatida yuqori o‘sish kuzatildi. Gazobeton, keramogranit, bazalt materiallari, kompozit panel, DSP, gulqog‘oz kabi ilgari import qilingan 10 ta yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

IMG_4348.jpg

2017-yili sohaga 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, 2022-yili bu ko‘rsatkich 1,8 mlrd dollarni tashkil etib, 3,2 barobar o‘sishni ko‘rsatdi. Natijada qiymati 71,2 mln dollarlik 12 ta yangi loyiha ishga tushirildi va 952 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

photo_2021-08-26_18-18-24 (2).jpg

Вредна-ли-базальтовая-вата.jpg

Jumladan, 850 ming kub metr gazobeton, 12 mln kv. metr gipsokarton, 20 ming tonna bazalt va chaqiq toshi, 2 ming tonna gips va quruq aralashmalar, 300 tonna burama mix, 20 ming kub metr temir-beton buyumlari, 1 ming tonna santexnika jihozlari, 1,2 ming tonna penopolistrol mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi quvvatlar yaratildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech