Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Oct 2020

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Qurilish materiallari sanoatida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning ahamiyati” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uyushma mutaxassislari, sanoat korxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, shuningdek, raqobat muhitini yaratish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan yangi cooperation.uz elektron savdo platformasida faol ishtirok etish va uning qamrovini kengaytirish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi.

Tadbirda elektron savdoni rivojlantirish, mahsulotlar turini ko‘paytirish, jahon talablari darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlarga cooperation.uz platformasining afzalliklari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 44
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech