Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Dec 2019

Bugun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB binosida mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddi vakillari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xom ashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirishda dasturilamal bo‘lmoqda.

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlandi

Qarorga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Xususan, sohaga oid investitsiya loyihalari ro‘yxatini shakllantirish, qurilish materiallari sanoati sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2019-2021 yillarda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning 500 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish hamda vazifasi topshirildi.

Bugungi kunda bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida loyiha tashabbuskorlariga bank tomonidan o‘zlashtirilgan kredit liniyalar hisobidan mablag‘lar ajratib kelinmoqda.

Vebinar tarzida o‘tkazilgan anjumanda Toshkent shahri, viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 150 ga yaqin qurilish materiallari sanoati korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 164
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech