Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Dec 2019

Yildan-yilga dunyoda qurilish oynasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Jumladan, yurtimizda ham. Hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish oynasi “Kvars” AJ va “Mingyuan SiLu Industry” MChJ (Xitoy) qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Qurilish oynasi

Mamlakatimizning yirik zavodlaridan biri “Kvars” AJda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida shartli 2 mm qalinlikdagi 10 mln. 532 ming 700 kv. metr qurilish oynasi ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, shundan 531 ming kv. metr tayyor mahsulot xorijiy davlatlarga eksport qilingan. Korxona tomonidan mahsulot sifati va hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020 yiliga 22 mln.kv.metr (shartli 2 mm qalinlikda) ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi energiyatejamkor liniya foydalanishga topshiriladi. Natijada zavodning qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 10 mln kv. metrdan 32 mln kv. metrga (shartli 2 mm qalinlikda) yetadi. Shu bilan birga mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo‘lgan talab deyarli koplanib, eksport ko‘lami kengaytiriladi.

Qurilish oynasi

“Mingyuan SiLu Industry” MChJ (Xitoy) qo‘shma korxonasi ham qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqada yetakchi hisoblanadi. Korxona 2018 yili o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, shu kungacha bu yerda faqatgina yiliga 4 mln. kv. metr bezakli oyna ishlab chiqarilayotgan edi. Joriy yilning avgust oyidan boshlab zavodda 3 mm.dan 10 mm.gacha qurilish oynasini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Qisqa fursatda korxona mahsulotlar nafaqat mahalliy balki, jahon bozoriga chiqishga ham ulgurdi. Hozirda qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga eksport yo‘lga qo‘yilgan.

Qo‘shma korxona so‘nggi rusumdagi, zamonaviy, energiya tejamkor Xitoy texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda yiliga 4 mm. o‘lchamdagi 7 mln. kv.metr qurilish oynasida ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, korxonada 350 dan ortiq jizzaxlik yoshlar mehnat qilishmoqda.

Endilikda qo‘shma korxonada ultra yupqa oynalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 235
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech