Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Feb 2020

XXI O‘zbekiston Xalqaro "Qurilish - UzBuild 2020" ko‘rgazmasining ikkinchi kuni "ICCI 2020" ikkinchi Xalqaro qurilish sanoati anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, xorijiy kompaniya vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

UzBuild 2020

Shuningdek, tadbir doirasida seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari, shuningdek professional uchrashuvlar va munozaralar, yangi qurilish texnologiyalari va me’morchilik yechimlarining taqdimotlari tashkil etildi.

UzBuild 2020

Ma’lumot uchun, xalqaro ko‘rgazmada rivojlangan 25 ta mamlakatlar Avstriya, AQSh, BAA, Germaniya, Gruziya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Lixtenshteyn, Ozarbayjon, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Finlyandiya, Xitoy, Shveysariya, Yunoniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindistondan 400 dan ortiq kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlarini taklif etishmoqda. Joriy yilgi anjumanda 175 kompaniya birinchi marotaba ishtirok etmoqda, ularning 134 nafar xalqaro va 25 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchilardir.

UzBuild 2020

“UzBuild-2020” xalqaro ko‘rgazmasi Qurilish va bezash materiallari, Interer va dizayn, Derazalar, Eshiklar, Fasad, Asboblar va mahkamlash, Keramika va pardozlash toshlari, Ko‘chmas mulk, Uy qurilishi, Arxitektura va dekorativ dizayn yorug‘lik, elektr, Landshaft va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limlariga bo‘lingan holda o‘tkazilyapti.

“UzBuild 2020” xalqaro ko‘rgazmasi 28 fevralga qadar davom etadi.

UzBuild 2020

UzBuild 2020

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 117
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech