Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Mar 2020

Samarqand viloyatida qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishga investorlarni keng jalb qilish orqali yirik loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Samarqand viloyatida qurilish materiallari

Xususan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida “Aziya metall prof” MChJ tomonidan umumiy qiymati 56,3 mln. dollar bo‘lgan yirik loyiha amalga oshirilyapti. Mazkur loyihaning noyobligi shundaki, u nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan murakkab texnologiya asosida yuqori haroratda ruxni qizdirib, 0,35 milimetrgacha bo‘lgan past qalinlikdagi rux bilan qoplangan va polimerlangan yiliga 120 ming tonna tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish va mahsulotning qariyb 100 foizini eksportga yo‘naltirilishiga erishiladi. Korxonada shuningdek, turli o‘lchovdagi aylana va to‘rtburchak metall quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Samarqand viloyatida qurilish materiallari

Urgut tumanida “Sam dray fruits” MChJ tomonidan umumiy qiymati 2mln. 135 ming dollar bo‘lgan yana bir loyiha amalga oshirildi. Bu yerda yillik quvvati 275 ming m2 sendvich panellar va penoplast ishlab chiqarilmoqda. E’tiborlisi, korxona faoliyatini boshlashi bilan 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jomboy tumanida, “Keramik briks” MChJ tomonidan, umumiy qiymati 10 mln. dollar bo‘lgan yirik loyiha ishga tushirildi. Korxona Ispaniyaning “Beralmar technology” texnologik uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga 7,5 mln. dona 2 xildagi tashqi pardoz, 2,5 mln. dona katta gabaritli zamonaviy keramik bloklar ishlab chiqarilmoqda.

Samarqand viloyatida qurilish materiallari

Pastdarg‘om tumanida “Maroqand kabel invest” MChJ tomonidan yillik quvvati 160 ming tonna bo‘lgan kichik sement zavodi qurilib, ishga tushirildi.

Shu bilan birga joriy yilning dekabr oyida “Jomboy yashil chiroqlari” MChJ tomonidan yillik quvvati 300 ming tonna bo‘lgan sement zavodi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, viloyatda yillik quvvati 2,7 mln. tonna bo‘lgan yangi sement zavodlarini (Pastdarg‘om tumanida “Samarqand Afrosiyob sement” MChJ (561 ming tonna), “Indigo send treyd” (100 ming tonna), Nurobod tumanida “Maroqand sement invest” MChJ (1050 ming tonna), Samarqand tumanida “Jomboy sement” (1000 ming tonna) qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyatida qurilish materiallari

Samarqand viloyatida qurilish materiallari

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 55
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech