Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 May 2020

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hududidagi “Sardoba” suv ombori dambasida yuzaga kelgan toshqin oqibatlarini bartaraf etish, undan zarar ko‘rgan aholiga yaqindan yordam berish maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tabiy ofatdan zarar ko‘rgan turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, qisqa fursatda Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari obod qilinmoqda.

Sardoba

Hozirda hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti, aloqa kommunikatsiya tarmoqlari qayta tiklanyapti. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan bino va inshootlarda ta’mirlash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin oqibatida 3 ta tumandagi 1 834 ta uylar ta’mirlanadi va uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 66 ta, 2 640 ta xonadonli ko‘p qavatli turar joy binolarini quriladi.

Sardoba

Bunday xayrli ishlarga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ham o‘z xissasini qo‘shmoqda. Jumladan, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish maqsadida tarmoq korxonalari tomonidan qurilish materiallari o‘z vaqtida yetkazib berilyapti.

Asosiy qurilish materiallaridan biri hisoblangan sement mahsulotini yetkazib berish uchun “Qizilqumsement” AJ, “Bekobodsement” AJ hamda “Olmaliq TMK” AJ (Jizzax sement)larda zarur zahiralar shakllantirildi. Boshqa turdagi qurilish materiallarining yetkazib berilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” IKlari, pudrat tashkilotlari va ishlab chiqaruvchilarning ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilyapti.

Sardoba

Bugungi kunga qadar, talofat ko‘rgan uy-joylarni ta’mirlash uchun 3,1 ming tonna sement, 500 kv. metr qurilish oynasi, 1,39 ming tonna ohak, 2,2 ming kub. metr taxta, 2,1 ming kv. metr DSP, 6,0 tonna loq-bo‘yoq, 176 ming dona g‘isht, 20,1 ming dona shlakablok, 9,1 ming kub. metr qum, 9,2 ming kub. metr щeben yetkazib berildi. Shuningdek, 62,9 ming kv. metr profnastil, 8,82 tonna mix, 60,4 tonna armatura, 18,5 ming kv. metr gipsokarton, 373,0 tonna quruq qurilish pardozlash aralashmalari, 40,0 kub. metr tayyor beton aralashmasi, 233 dona eshik, 0,9 tonna samorez va 6000 p/metr alyumin profellari kabi qurilish materiallari olib kelindi.

Sardoba

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 50
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech