Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Jul 2020

Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 29 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati yil oxiriga qadar 20 mln. tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi, ayniqsa, katta. Yurtimizda sement mahsulotiga bo‘lgan talabni to‘la qondirish maqsadida Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi sement zavodlari ishga tushirildi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi investitsiya loyihalar dasturiga ko‘ra viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda joriy yilda umumiy quvvati 5 mln tonna bo‘lgan jami 6 ta yangi sement zavodlari foydalanishga topshiriladi.

Yurtimizdagi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2020 yil 1-yarim yillik yakuni bilan sement ishlab chiqarish hajmi 5 mln 442,1 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,3 foizga o‘sish ta’minlandi.

E’tiborlisi, hisobot davrida 813,0 ming tonna sement import qilingan yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan importi hajmi 44,3 foizga kamaygan.

Import qilingan sementning asosiy qismi Qozog‘iston (459,4 ming tonna), Tojikiston (252,6 ming tonna), Qirg‘iziston (89,2 ming tonna), Eron (5,1 ming tonna), Turkmaniston (3,4 ming tonna) va Rossiya (3,1 ming tonna) davlatlari xissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida 185,3 ming tonna (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 marotaba ko‘p) sement eksport qilingan.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 30
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech