Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Nov 2019

Bugun poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Sement sanoati va bozori” XVII xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi. Konferensiyaning dastlabki kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi Botir Zaripov, Rossiya Federatsiyasining “Biznes sem” kompaniyasi rahbari Yevgeniy Valukov va boshqalar so‘zga chiqib, qurilish sanoati, xususan, mamlakatimizda sement sanoatini rivojlantirish hamda chet el investisiyalarni jalb qilish mavjud imkoniyatlar kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Tadbirda xalqaro kompaniya vakillarining hozirgi kundagi sementga bo‘lgan jahon talabi, sohadagi yangiliklar, innovasion texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar haqida ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, konferensiya davomida sement sanoati uchun dunyoga mashhur yirik uskuna va texnika ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar, balki 10 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etishdi.

E'tiborlisi, xalqaro anjumanda bir qator yo‘nalishlar va dolzarb mavzularda ilmiy ma'ruzalar, taqdimotlar ham o‘tkazildi.

Ma'lumki, “Sement sanoati va bozori” XVII Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi yurtimizda 8 marotaba o‘tkazilishi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Rossiya Federatsiyasining “Biznes sem” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan joriy anjumanda 16 davlatdan 80 dan ortiq sement sanoat sanoati mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, yirik kompaniya vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Jahon sement assosiasiyasi (Buyuk Britaniya), Rossiya federatsiyasining sement uyushmasi, Moskva materialshunoslik va samarali texnologiyalar instituti va Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston, Italiya, Shveysariya, Avstraliya, Hindiston kabi davlatlarning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari yurtimizga tashrif buyurishgan.

“Sement sanoati va bozori” XVII xalqaro konferensiyasi 6 noyabrga qadar davom etadi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 24
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech