Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Nov 2019

Hukumatning “Sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, barcha sement ishlab chiqarish korxonalariga 2022 yil 1 yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda stasionar kuzatish punktlari o‘rnatiladi. Ular sement zavodlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda sement zavodlarga nisbatan faoliyatini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar qo‘riladi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab sement korxonalarining barchasi ifloslantirish manbalar monitoringi amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning ro‘yxatiga majburiy kiritiladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 20
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech