Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Jul 2020

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida joriy yilning 30 iyunida o‘tkazilgan savdo yakunlariga ko‘ra barcha markali sementning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 754,0 ming so‘mdan 724,0 ming so‘mgacha, ya’ni 4 foizga pasaydi.

Sement narxining shakllanishiga birja tomonidan har bir xaridor uchun 114,0 tonna miqdoridagi kunlik limitning qo‘llanilishi o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, o‘tgan savdolarda sement mahsulotini xarid qilgan ishtirokchilarning soni deyarli ikki barobarga ko‘payib, 540 nafarni tashkil etdi.

Umuman olganda, o‘tkazilgan birja savdolariga jami 38,7 ming tonna sement mahsulotlari qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 37,8 ming tonnasi, ya’ni 99 foizi sotildi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi
Ko'rishlar: 35
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech