Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Oct 2020

Dunyo qurilish maydoniida asosan qisqa fursatda bunyod etiluvchi bino va inshootlarni qurishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun metallokonstruksiya, sendvich panel, gipsokarton, yirik panel va plitalar kabi innovatsion yangi turdagi qurilish materiallaridan foydalanilyapti. So‘nggi yillarda yurtimizdagi amalga oshirilayotgan bunyodkorliklarda sendvich panellarilari keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda ham ushbu qurilish mahsulotlaridan ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan sendvich panelga bo‘lgan talabni to‘la qondirish maqsadida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-2021 yillarda uyushma mas’ulligida umumiy qiymati 445 mlrd so‘m bo‘lgan 10 ta loyiha ishga tushiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,8 mln. kv. metrga ortadi.

Ayni paytda Respublikamizda sendvich panel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni jami 32 ta bo‘lib, uning eng katta qismi Toshkent shahrida joylashgan. Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham ushbu yo‘nalishda yirik korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun: sendvich panel – uch qavatli, ikki chet qatlami metall tunukadan va o‘rta qatlami issiqlik saqlovchi materiallaridan iborat presslanib yelimlangan qurilish materialidir. Undan asosan bino va inshootlarida tashqi devorbop va tomyopqich material sifatida foydalaniladi. Eski binolarni kapital ta’mirlashda keng qo‘laniladi. Sendvich panelining afzallik jihatlari shundaki, kerakli issiqlik o‘tkazuvchanlikka chidamli, issiqlik samaradorligi an’anaviy qurilish materiallariga qaraganda 10 barobar yuqori va energiya tejamkor.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 28
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech