Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Feb 2019

«Qizilqumsement» AJ o‘z mahsuloti bilan yuqori sifatli sement – strategik mahsulot ishlab chiqaruvchi maqomiga ega bo‘ldi. Boisi keyingi yillarda mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan qurilish ishlari ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Korxona keskin tarzda oshib borayotgan asosiy qurilish materialiga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish ustida mehnat qilmoqda.

Korxona bu ishni 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respub­likasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga va O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan iqtisodiy vazifalarga tayangan holda amalga oshirmoqda.

«Korxonamiz mamlakatimiz rah­ba­ri zimmamizga qo‘ygan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish borasida muayyan sa’y-harakat qilib, ijo­biy natijalarga erishib kel­moq­da. 2018 yilning 9 oyi mobaynida korxona tomonidan 2 777 000 tonna sement ishlab chiqa­rildi. Sementning o‘ndan ortiq turi va navi hisoblangan M400 va M500 navli portlandsement, M400 va M500 navli sulfatga chidamli portlandsement, PST I-100 navli tamponaj va PSX xrizotilsement mahsulotlar ishlab chi­qarish uchun portlandsement, PPS M400 navli putssolan portlandsement ishlab chiqarilmoq­da. Bugungi kunda O‘zbekiston sement zavodlari ichida «Qizilqumsement» AJning ulushi 41,8 foizga yetdi.

Bundan tashqari ohak, shifer, beton, shag‘al kabi boshqa tayyor mahsu­lotlar hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish tadbirlari do­irasida ishlab chiqarilayotgan te­mir-beton mahsulotlar – plitalar, poydevor bloklari ishlab chiqarish haj­mi ham o‘sib bormoqda. Hisobot davrida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlarda rejadagi 1 trln 95 mlrd 633 mln. so‘m o‘rniga 1 trln. 276 mlrd. 67 mln. so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yil bilan solishtirilganda, tovar mahsulot­lari ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlarda 464,1 mlrd. so‘mga oshdi va biznes-reja 116,5 foizga bajarildi.

Ishlab chiqarish hajmining oshishi va mahsulot turining kengayishi nafaqat tovar ishlab chiqarish salo­hiyatiga, balki yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, qo‘shimcha pul mablag‘lari, shu jumladan, valyuta mablag‘lari tushumiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ilgari surilgan uy-joylar dasturlari aholiga imtiyozli narxlarda sifatli va arzon uy-joyni xarid qilish imkonini berdi. Butun mamlakatimiz bo‘ylab nafaqat sha­harlarda, balki qishloq joylarda ham yangilangan namunaviy loyiha asosida minglab yakka tartibdagi ar­zon uylar, infratuzilma ob’ektlari, yangi turarjoy massivlari qad rostlamoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida birgina ushbu ob’ektlar qurilishi uchun 161713 tonnadan or­tiq sement yo‘naltirildi.

Milliy va umumevropa standart­lariga mos keladigan Navoiy sementi hozirgi vaqtda ko‘plab katta qu­rilishlarda – ta’lim va tibbiyot muassasalari, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari qurilishi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ehtiyoj­lari va xalqaro trassalar, yangi yirik zavodlar, zamonaviy ishbilarmonlik markazlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatli ob’ektlar qurili­shida keng qo‘llanilmoqda.

«Qizilqumsement» AJ – eng yangi texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan, o‘zgarib borayotgan bozor vaziyatiga tezda moslashishga qo­dir bo‘lgan yuqori samarali va diversifikatsiya qilingan ishlab chiqa­rishga intilmoqda. «Qizilqumsement» AJ ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, sifat nazorati tizimiga va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan korxona hisoblanadi. U ISO 9001:2015 i ISO 14001:2015, OHSAS 18001:2007 i ISO 50001:2011 standartidagi Sifat Sertifikati egasi.

Zavod erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolgani yo‘q. Joriy yil uchun umumiy qiymati 181 mlrd 520 mln. so‘mni tashkil qiluvchi 22 ta tadbirni o‘z ichiga olgan Investitsiya dasturi tasdiqlanib, shundan 71 mlrd. 169 mln. so‘m qiymatidagi 3 ta tadbir «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida Xalqaro rivojlanish uyush­masining mablag‘larini jalb qil­gan holda amalga oshirish nazarda tutilgan edi.

«Mazkur loyihani amalga oshirish uchun ish samarasi past bolg‘ali drobilkalar o‘rniga ikki konusli o‘rtacha maydalash drobilkalarini o‘rnatgan holda xomashyoni ikkilamchi maydalash tizimini modernizatsiya qilish nihoyasiga yetkazildi. 120 ming tonna sig‘imli omborxonada zamonaviy asbob-uskunalarni o‘rnatgan holda ohakni o‘rtacha holga keltirish tizimi, 7-sonli tegirmonda yuqori samarali separatorni o‘rnat­gan holda sement tortish yopiq sikli tizimi joriy etilmoqda». Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi bir yilda o‘nlab million kVt/soat elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Shuningdek, yangi kompressor stansiyasi ishga tushirilib, xomashyo sexidagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi avtomatlashtirildi, tog‘ sexidan sement tortish sexigacha texnologik liniyalarni modernizatsiya qilish va ularning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirildi. Yangi zamonaviy kichik stansiyalarni qurish bilan birga ishlab turgan kichik stansiyalar ham modernizatsiya qilindi. Ular, asosan, mamlakatimizda ishlab chi­qarilgan eng ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Zavod o‘zining aso­siy vazifalarini hal etishga, ya’ni mahsulot sifatini yaxshilash va ener­giya resurslaridan foydalanish­ni kamaytirgan holda ishlab chiqa­rish hajmini oshirishga erishdi.

Erishilgan muvaffaqiyatlar zamirida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning samarali mehnati mujassam.

Yillar mobaynida zavod yangi texnika va asbob-uskunalar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari asosida ish yuritib, rivojlandi. O‘rnatilgan eng yangi separatorlar sementning sifatini bir necha barobarga oshirdi. 7-sonli tegirmonning ishga tushirilishi bilan sement ishlab chiqarish quvvati oshdi, ishlab chiqarish sur’­atlari va haj­mini kamaytirmagan holda tiklash tadbirlarini sifatli qilib amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Mazkur tadbirlarni davr talab­lariga muvofiq amalga oshirmasdan, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilmasdan turib, mahsulotlarimiz­ni tashqi bozorlarga chiqa­rish das­turi­ning amalga oshirilishi haqida aytish qiyin. «Qizilqum­sement» AJ bir necha o‘nlab nomdagi qo‘shimcha yuqori sifatli tovarlar va mahsu­lotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘y­di. Dastlabki kundan boshlab bozorda «Qizilqumsement» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan beton plitlariga talab katta bo‘ldi. Ularni ishlab chiqarish hajmi birinchi yil bilan solishtirilganda ikki marta oshdi. Bugungi kunda 60 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan sex «Tensiland» firmasining zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihoz­langan va bir yilda 162 ming kv. m plitalar ishlab chiqarmoqda.

Qurilish sohasida ishlab chiqa­rish hajmi o‘tgan yilga qaraganda 2,5 marta oshdi, bu Qoraqalpog‘istonga 811,8 ming AQSh dollari qiymatidagi 13 361,3 tonna ohak, shu jumladan, 9913 tonna so‘ndirilmagan ohak va 3 448,4 tonna kukunsimon ohak yetkazib berish imkonini berdi.

Bir vaqtlar Qizilqum cho‘lida qad rostlagan Navoiy, Zarafshon va Uch­quduq shaharlari hamda sanoat ob’ektlari qurilishi ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etilgan zavod bugungi kunda respublikamizning yetakchi korxonasiga aylangan. «Qizil­qumsement» AJ barcha iste’molchilar uchun ishonchli sherik sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlagan holda mamlakatimizni yuqori sifatli sement bilan ta’minlamoqda.

Baxtiyor UMIRZOQOV,
«Qizilqumsement» AJ bosh direktori

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech