Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Jun 2020

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, hududda tabiy ofatdan zarar ko‘rgan turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlanmoqda, aholiga har tomonlama ko‘maklashilyapti, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari obod qilinmoqda.

Hozirda hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti, aloqa kommunikatsiya tarmoqlari deyarli qayta tiklangan. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan bino va inshootlarda ta’mirlash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin oqibatida 3 ta tumandagi
1 834 ta uylar ta’mirlanadi va uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 66 ta, 2 640 ta xonadonli ko‘p qavatli turar joy binolarini quriladi.

Bunday xayrli ishlarga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ham o‘z xissasini qo‘shmoqda. Jumladan, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish maqsadida tarmoq korxonalari tomonidan qurilish materiallari o‘z vaqtida yetkazib berilyapti.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani

Bugungi kunga qadar, olingan operativ ma’lumotlarga asosan, talofat ko‘rgan uy-joylarni ta’mirlash uchun 6,52 ming tonna sement, 600 kv.m qurilish oynasi, 1,8 ming tn ohak, 6,755 ming kub.m taxta, 2,18 ming kv.m DSP, 48,1 tn loq-bo‘yoq, 1254,8 ming dona g‘isht, 187,1 ming dona shlakablok, 16,54 ming kub.m qum yetkazib berilgan. Shuningdek, 18,28 ming kub.m. щeben, 262,26 ming kv.m profnastil, 19,4 tn mix, 126,2 tn armatura, 41,82 ming kv.m gipsokarton, 1584,9 tn quruq qurilish pardozlash aralashmalari, 40,0 kub.m tayyor beton aralashmasi, 2353 dona eshik, 8,4 tn samorez, 23,4 ming p/metr alyumin profellari, 51,71 ming kv.m issiqlik saqlovchi materiallar (teploizolyatsion), 8,4 ming kv.m falgaizol (namlikdan saqlovchi material), 7260 kv.m laminat va 742 kv.m. keramik plitka kabi qurilish materiallari olib kelingan.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani

Asosiy qurilish materiallaridan biri hisoblangan sement mahsulotini yetkazib berish uchun “Qizilqumsement” AJ, “Bekobodsement” AJ hamda “Olmaliq TMK” AJ (Jizzax sement)larda zarur zahiralar shakllantirildi. Boshqa turdagi qurilish materiallarining yetkazib berilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” IKlari, pudrat tashkilotlari va ishlab chiqaruvchilarning ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilyapti.

Shu kungacha sement zavodlari tomonidan 32 271 tonna sement ajratilib, tuzilgan shartnoma shartlariga asosan yuklab jo‘natilgan. Xususan,

1) Uy-joylarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga 12 642 tonna, shundan,

  • Buxoro viloyati - "OTMK" AJga qarashli Jizzax sement korxonasidan 600 tonna;
  • Xorazm viloyati - "Bekobodsement" AJdan 5 084 tonna;
  • Jizzax viloyati - "OTMK" AJga qarashli Jizzax sement korxonasidan 3 958 tonna;
  • Farg‘ona viloyati - "OTMK" AJga qarashli Jizzax sement korxonasidan 3 000 tonna.

2) Suv xo‘jaligi vazirligiga ob’ektlarni ta’mirlash ishlari uchun 7 629 tonna, shundan:

"Bekobodsement" AJ - "O‘zmaxsussuvqurilish" MChJga – 1500 tonna, "Uchtepamaxsussuvpudrat" MChJga-3 000 tonna va "Oqoltinmaxsussuvpudrat" MChJga 490 tonna;

"Qizilqumsement" AJ - "O‘zmaxsussuvqurilish" MChJga-2 639 tonna sementga shartnomalar tuzilgan va sement yetkazib berilmoqda.

3) Yangi uy-joylar qurilishi uchun 12 000 tonna "Bekobodsement" AJdan Mirzaobod tumani-“Navbahor” mahallasi hududida 9 ta uy, 360 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar bosh pudratchisi “Cillor fleks” MChJga ajratildi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 75
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech