Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Jul 2016

Mamlakatimiz kelajak avlodining salomatligiga barqaror poydevor yaratish maqsadida, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida, «O‘zqurilishmateriallari» AK korxonalari tomonidan birqator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilgan.

Kompaniya korxonalari tomonidan ilg‘or xodimlarning farzandlari uchun bu yilgi yozgi ta’til davomida O‘zbekistonning me’moriy yodgorliklari joylashgan qadimiy shaxarlari Samarqand, Buxoroga safar tashkil etildi.

Umuman olganda, hozirgi kungacha 417 kam ta’minlangan va 164 ko‘p farzandli oilalarga 97,4 million so‘mlik moliyaviy yordam berildi, kegusida 135 ta kam ta’minlangan va ko‘p farzandli oilalarga 25 million so‘mlik moliyaviy yordam berish uchun rejalari mavjud.

Shu bilan birga bolalarni himoya qilish Xalqaro kuniga tayyorgarlik ko‘rish doirasida "Qizilqumsement" AJ (Navoiy viloyati) hududidagi sport stadionida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan, Profilaktiya va 41- soni yotoqxonada xududida futbol, voleybol va basketbol maydonchalari qurilgan. Bundan tashqari, "Qizilqumsement" AJsida korxona xodimlarining farzandlari uchun futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi sport festivali, hamda "Quvnoq startlar" o‘yinlari o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan chora tadbirlar bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan muhabbatni, sog‘lom aql va tafakkurni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ularni sport bilan oilaviy shug‘ullanishga undaydi, bu esa o‘z o‘rnida kelgusida farovonlik va barqarorlikni ta’minlaydi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 338
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech