Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Jul 2016

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ (Olmaliq KMK) Surxondaryo viloyatidagi sement zavodi qurilishining investitsiya loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Yiliga 1,5 million tonna sement chiqarishga mo‘ljallangan, qiymati taxminan 212.0 mln. dollarga teng sement zavodining qurulishini tuliq tugallash rejalashtirilgan.

Loyihani moliyalashtirishda xorijiy investitsiyalarni, Olmaliq KMKning mablag‘larini va tijorat banklari kreditlarini jalb etish rejalashtirilgan.

Xorijiy kompaniyalar loyihani amalga oshirishda ishtirok etishlari uchun taklif etiladilar.

Qiziqtirgan masalalar, loyihani amalga oshirishda ishtirok etishga oid takliflar "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AK (Telefon: (+998 70) 619-56-31, Faks: (+998 71) 141-90-33, E-mail: info@agmk.uz, veb sayt: www.agmk.uz) yoki "O‘zqurilishmateriallari" AKga (Telefon: (+998 71) 255-55-95, Faks: (+998 71) 255-77-07, E-mail: info@uzsm.uz, veb sayt: www.uzsm.uz) yuborilishi mumkin.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 442
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech