Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Sep 2020

Respublika hududlarida 2020 yil 1 yanvar holatiga 110 ta tabiiy pardozbop tosh konlari mavjud bo‘lib, ularning zahirasi - 118,7 mln. metr kubni tashkil qiladi.

Respublika bo‘yicha tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi 250 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2020 yil 1 avgust holatiga Davlat Geologiya qo‘mitasi tomonidan jami 227 ta, shundan qazib olish uchun – 124 ta, geologik jihatdan o‘rganish uchun – 103 ta litsenziyalar berilgan.

Tabiiy pardozbop toshlar

2019 yilda – (67 ta konda) 178,6 ming metr kub tabiiy pardozbop toshlar (blok) qazib olinib, 3,5 mln.metr kvadratdan ortiq xar xil turdagi plitalar va me’moriy mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2019 yilda 1,0 mln. dollarlik 4,4 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilindi.

2020-2021 yillarda tabiiy pardozbop toshlarni ishlab chiqarish yo‘nalishini rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar tayyorlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimliklari hamkorligida umumiy qiymati 97,2 mln.dollar bo‘lgan, yillik quvvati 347,1 ming kub metr marmar va granit toshlarini qazib olish hamda 2,6 mln.metr kvadrat marmar va granit plitalarini qayta ishlab chiqarish bo‘yicha 23 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tabiiy pardozbop toshlar

Hususan, 2020 yilda yangi loyihalarni ishga tushishi natijasida yangi konlarni o‘zlashtirish hisobiga qo‘shimcha 321,5 ming metr kub marmar, granit, gabbro va x.k lardan (blok) xarsanglarni qazib olish, 2,4 mln.metr kvadratdan ortiq xar xil turdagi plitalar va me’moriy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini va 1362 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga erishiladi.

Yangi quvvatlarni ishga tushirish natijasida eksportbop xarsanglar (blok) qazib olish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 36
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech